To'rtinchi sir
  DO'STLIK QUVVAT1
Yigitchaning ro'yxatidagi to'rtinchi odam Vilyam Bekmen edi. Janob Bekmen maqolalari matbuotda muntazam ko'rinib turadigan erkin jurnalist edi. Shuningdek, Do'stlar va sevishganlar> bestselleri ham uning qalamiga mansub edi. U bo'yi baland, ozg'inroq, yuzi uzunchoqroq bo'lsada, yigitni o'z uyida kutib olayotgan chog'da chehrasida quvonch barq urardi.
  Haqiqiy Muhabbat sirlari,  tan oldi janob Bekmen,  hayotimni butkul o'zgartirib yubordilar. Men bilan umrguzaronlik qiladigan insonni topish umidida o'sha yagona o'ziga xos o'zaro aloqalari o'n yildan ortiq izladim. Uzoq muddat davomida bu hech qachon ro'y bermaydigandek tuyulardi. Lekin Haqiqiy Muhabbat sirlarini o'zlashtirib olganimdan bir yil o'tgach, nafaqat orzuyimdagi ayolni topdim, balki buning ustiga, oilam va do'stlarim bilan munosabatlarim butkul o'zgardi.
  Qanday qilib o'zgardi?
   Bilasizmi, barcha o'zaro munosabatlarim qalinlashdi va mustahkamlandi.
Yigitcha gumonsirab turardi.
 Bu sirlar hayotingizga shunchalar qattiq ta'sir
ko'rsatdimi?
Janob Bekmen jilmaydi.
  Xuddi shunday. Bilaman, bu xayolparastlarcha eshitilsada, ularni sinab ko'rganingizda, so'zlarim chinligiga ishonasiz.
Garchi har o'nta sir turlicha ko'maklashgan esada, bittasi, ayniqsa muhim ekani ma'lum bo'ldi, hoynahoy, men uchun eng keragi bo'lib chiqar. Bu... do'stlik kuchi edi.
  Do'stlik kuchi?  takrorladi yigitcha.  Aynan nimani nazarda tutyapsiz?
 Bilasizmi, odatda sevgining ma'nisi ikki inson orasidagi romantik aloqada, deb hisoblardim, meni to'g'ri tushuning, bu aslida shunday. Lekin muhabbat  bu boshqa ko'p narsa hamdir. Uning ma'nisi bir-biriga zarur kelganda yonma-yon bo'lishda, shuning uchun haqiqiy muhabbat oddiy romantik aloqadan ortiqroq  bu yana do'stlik hamdir.
Yigitcha yon daftarchasini olib, yoza boshladi, janob Bekmen esa so'zida davom etardi.
 Boshqa ko'p kishilar singari yaxshi ko'rib qolishim mumkin bo'lgan qizni imkon bo'lgan, hamma joyda izlardim. Men yolg'iz kishilar yig'iladigan joylarga, kechalar va tungi klublarga borardim va garchi ko'p ayollar bilan uchrashib, tanishsamda, baribir tilaganimni uchratolmadim. Bir kuni oqshom paytida shahar markazidagi kafeda yolg'iz o'tirganimni xotirlayman, to'satdan yonimdagi stulda keksa xitoylik paydo bo'lib qoldi.
U stakanini ko'tardi va Salom dedi, men ham unga javoban stakanimni ko'tarib qo'ydim. Biz so'zlashib ketdik. U mendan uylanganligimni so'radi. Men unga: Yo'q dedim. Nima uchun?  so'radi u. Chunki o'zimga keragini hali uchratmadim  dedim.
Shunda u meni vaziyatni ancha chuqurroq o'ylashga majbur etgan bir so'z aytdi. U: Balki sen noto'g'ri joylardan izlayotgandirsan! - dedi.
  Noto'g'ri joylar?  takrorladi yigitcha.  Noto'g'ri joylar degani nimasi?
 Men ham aynan shu savolni berdim,  dedi janob Bekmen.  Men unga erga chiqmagan ayollar ko'p bo'lgan kafe va tungi klublarga borganimni aytdim. U menga ajablanib qaradi va xandon tashlab kulib yubordi. Buning nimasi kulgili ekanini! so'ragandim, u mendan: Sen kafe yoki tungi klubda birortasi bilan tanishdingmi?  deb so'radi.
Bir nechta ayol bilan  deya javob berdim, lekin bu tanishishdan birortasi ham bir necha haftadan oshmaganini tan olishga to'g'ri keldi.
  Kafe yoki tungi klubda birortasi bilan uchrashishning yomon joyi bormi?  so'radi yigitcha!
 Mutlaqo yo'q,  dedi janob Bekmen.  Ba'zan balki omad yurishib qolar, lekin keksa xitoylik aytishicha, agar uzoq davomli munosabatlar va muhabbatga intilsang, yarimqorong'i, tutun bilan to'lgan, shovqin-suron kuchliligidan seni eshitishlari uchun baqirib gaplashishga to'g'ri keladigan joyda, hoynahoy, ularai topish mushkulroq bo'lar ekan.
  Bo'lmasa tuzukroq joy qanday bo'lar ekan?  biror qiz bilan tanishish niyatida kafe va tungi klublarga tez-tez borib turuvchi yigitcha oshiqib so'radi.
  Bilasizmi. bu o'zingizga bog'liq.
  Nima demoqchisiz?
 Keksa xitoylik menga: Agar haqiqiy sevgini topish niyatingiz bo'lsa, avvalo chin do'stni topishingiz lozim,  deb tushuntirgandi. Bu nihoyatda oddiy, lekin shunday bo'lsada, bu haqda ilgari
hech o'ylamagandim. Biz ko'pincha muhabbat uchun kuchli jismoniy mayl talab etiladi, deb hisoblaymiz. Jismoniy mayl haqiqiy oilani tarkib toptirishda ahamiyatsiz demoqchimasman, lekin agar biz haqiqiy muhabbatni istasak, mabodo butun umr davom etuvchi sevgini xohlasak, insonning tashqi ko'rinishidan o'zga jihatlarini ham payqashimiz zarur.
Haqiqiy muhabbatning ildizi jismoniy maylda emas, balki do'stlikda. Farang yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperi aytganidek, sevish  bu bir-biriga qarash emas, balki birgalikda bir yo'nalishga qarashdir. Hatto Injilda ham agar ikki kishi bir-biridan norozi bo'lsa, ular birgalikda sayohatga chiqolmaydilar, deb yozilgan. Umumiy qarashlar, maqsadlar va qiziqishlar, o'zaro hurmat va zavqlanish  uzoq davom etuvchi mehrli munosabatlarning asosidir.
  Bu rostdan ham shunchalik muhimmi?  so'radi yigitcha yondaftarchasidan nigohini uzib.
  Bunga shubha qilmasangiz ham bo'ladi. Kunlardan birida Amerika dorilfununlaridan biridagi bir guruh sotsiologlar haqiqiy sevgi munosabatlarini vujudga keltirishda do'stlikning naqadar muhimligini namoyish etishdi. Ular ellik yildan ziyod birgalikda baxtiyor umrguzaronlik qilgan yuzlarcha juftdan bunday muvaffaqiyatga qanday erishganliklarini so'rashganda, ularning javoblarida do'stlik eng yetakchi omil ekani namoyon bo'ldi. Har bir so'ralgan odam jufti uning eng yaqin do'sti ekanini aytdi. Bu juftlarning barchasi umumiy qarashlar va umumiy qiziqishlar, umumiy maqsad va hayotiy yo'nalishlarga ega edilar. Qolgan hammasi, shu jumladan, jismoniy go'zallik va moddiy mol-mulk oxir-oqibatda bunchalar muhim emasligi ko'rindi.
Sevgi munosabatlarini aynan do'stiik butun umrga mustahkamlaydi.
Aynan shu meni Do'stlar va sevishganlar ki-tobini yozishga ilhomlantirdi. Ko'pchilik hozirgacha muhabbat jismoniy mayldan vujudga keladi, deya hisoblab yanglishadilar, lekin jismoniy go'zallik abadiy emas, u kun sayin so'lib boraveradi.
Boshqa tomondan, do'stlik va hurmatdan paydo bo'lgan muhabbat kun sayin mustahkamlanib boradi. Aytingchi, yolg'onchi va xiyonatkor ayol qanday qilib go'zal yoki ayoliga qo'l ko'taruvchi erkak naqadar jozibali bo'lishi mumkin?
Shun day ekan, o'zaro munosabatlarda faqat jismoniy maylga e'tibor bergandan ko'ra, sening qarashlaring va maqsadlaringga mushtarak juft izlaganing ma'qul.
Yigit rozilik bildirgandek bosh irg'adi. U ichki sezgi bilan buning shundayligini bilardi. Doktor Pachia bilan uchrashganidan keyin u o'zining orzusidagi ayolni tasavvurida jonlantirdi va risolasidagi juftining sifatlari orasida o'zi yoqtiradigan sayr qilish va tabiatni sevish xislati mujassam topishi kerak, deb hisoblardi.
  Sizni angladim,  dedi yigitcha.  Lekin baribir shunday do'stni topish kerakku, gapimga qo'shilasizmi?
  Qo'shilaman,  javob berdi janob Bekmen.  Lekin do'stlarni orttirish uchun do'stona munosabatning o'zi kifoya. Yaqin do'stlarni orttirish uchun qiziqishlari va qarashlari sen bilan mushtarak insonlarga do'stona munosabatda bo'lish kerak.
 Buni amalda qo'llashdan ko'ra gapirish osonroq,  dedi yigitcha.
 Nima uchun? Siz nimalarga qiziqasiz va bo'sh vaqtingizda nima bilan shug'ullanishni yoqtirasiz.
  Men dam olish kunlari sayohatga chiqishni hamda vindserfingni (suv to'lqinlari ustida taxtachada uchish sportini)   yoqtiraman. Yana operaga borishni yaxshi ko'raman.
  Xo'sh, do'stlarni tezroq qayerda topishingiz mumkin  tutun to'lgan kafedami yoki turistlar klubidami, vindserfing bilan shug'ullanuvchilar davrasidami yoki opera ishqibozlari orasidami?
  Nima haqda gapirayotganingizni anglab turibman,  dedi yigitcha.
 Xo'sh, hech qanday chuqurroq qiziqishi yoki sevgan mashg'uloti bo'lmagan kishilar haqida nima deya olasiz?
  Ular o'zlariga qandaydir qiziqishlar yoki mashg'ulotlar topish to'g'risida o'ylab ko'rishlari darkor. Ular o'zlari g'oyat yoqtirgan mashg'ulot,
 bu sport sohasi bo'ladimi, masalan, futbol, tennis, suzish yoki velosipedmi yoki boshqa sohalarmi, masalan, raqs, teatr yoki sayru sayohatmi, hatto siyosat bo'lishi ham mumkin, buning ahamiyati yo'q,
 topsalar bo'ldi. O'zingni qiziqtirgan mashg'ulotni topgan zahoting qiziqishlari mushtarak bo'lgan boshqa odamlar darhol topiladi, chunki orangizda qandaydir umumiylik mavjud bo'ladi. Basharti boshqa inson bilan umumiy jihatlaringiz yo'q ekan, u bilan yaqin munosabatlarda bo'la olishning iloji ham yo'q.
  Buni gapirganingizda juda oddiydek eshitiladi.
  Bu shunchalar oddiy bo'lsada, ko'pincha buni ko'zdan qochiramiz. Odamlar o'z juftini  er yoki xotin topish dardiga haddan ortiq mubtalodirlar, buning o'rniga do'stlik rishtalarini bog'lashga intilganlarida edi, uning ketidan muhabbat munosabatlari ham kelishni bilib olardilar.
- Leki siz birov bilan do'st bo'lishingizning o'zi u sizga yoqib qoladi va shunday munosabatlar paydo bolad, degani emas-ku, - dedi yigitcha.
- To'g'ri siz butunlay haqsiz. Lekin agar siz do'st bo'lmasangiz, munosabatlaringiz davomli bo'lishi ham gumon.
- Axir ikki inson avval bir-birini sevishib yoki boshqacharoq aytsak, ular bir-biriga jismoniy mayl bildirib turgandan keyin do'stlashishlari mumkm bo'lgan voqealar ham uchraydi-ku  dedi yigitcha.                                                          I
- Ha. Albatta, shunday bo'lishi mumkm  tan oldi janob Bekmen,  va ko'pincha shunday bo'ladi ham. Mohiyat shundaki, do'stlik  har qanday davomli munosabatlarning muhim unsulidir, chunki u muhabbatning muhim qismidir.
  Aynan shu tufayli bu inson bilan bir umr yashashga to'g'ri kelishini o'ylab ko'rayotib, o'zingizga: Bu mening eng yaqin do'stimmi? degan savolni berishingiz mumkin. Basharti yo'q javobi bo'lsa, bu insonga butun umringizni baxsh etishdan oldin juda diqqat bilan o'ylab ko'rish darkor.
Yigitcha yondaftarchasiga nimalarnidir yozdi va nigohini ko'tardi.
 Oilaviy munosabatlar bilan bog'lanib bo'lgan odamlar haqida nima deya olasiz?  deb so'radi u.  Hoynahoy, ular do'stlik quvvati to'g'risida o'ylashga kechikishgan bo'lishsa kerak?
  Hech ham undaymas,  javob berdi janob Bekmen.  Ko'p munosabatlar do'stlik tufayli qutqarib qolingan. Do'stlikni qurish mumkin, faqat birgalikda bajarishingiz mumkin bo'lgan umumiy qiziqishiar, qandaydir umumiy jihatlarni topish kerak. Har ikkala inson yana do'st bo'lishi va mu-
nosabatlarni tiklashi mumkin, chunki do'stlik rivojlangan sari muhabbat hissi ham o'sib bora-
veradi.
 So'nggi savol,  dedi yigitcha ketishga shay-lanarkan.  Siz orzuyingizdagi qizni uchratdingizmi?
Doktor Bekmen jilmaydi.
  Albatta,  dedi u.  Men unga uylandim ham. Reychelni turistik klubda uchratdim. Avvaliga unga nisbatan jismoniy maylim bo'lmadi, balki unda ham shunday bo'lgandir, lekin biz bir-birimizni yaxshiroq bilib olganimizdan keyin nimadir o'zgara boshladi. Biz bir-birimiz bilan birga bo'lishni yoqtirardik; u men uchun muhim bo'lgan narsalar to'g'risida gaplasha oladigan birinchi ayol edi. Biz umumiy qiziqishlarimiz va o'xshash qarashlarimiz shunchalar ko'pligini bilib oldik va xuddi hamfikrlardek edik. Biz yaqin do'stlar bo'lib qoldik, keyinchalik esa kunlarning birida uni sevishimni va u bilan butun umr birgalikda yashashni istashimni angladim.
Yigitcha uyiga kelganidan keyin janob Bekmen bilan uchrashuvi chog'ida yozganlarini o'qib chiqdi.

   Haqiqiy Muhabbatning to'rtinchi siri  do'sllik quvvati.
* Haqiqiy muhabbatni topishdan avval chin do'stni topish darkor.
* Sevish degani bir-biriga qarash emas, olamga bir yo'nalishda birgalikda qarash demakdir.
* Birovni rostdan ham sevish uchun tashqi ko'rinishi uchun emas, uning kim ekanligi uchun yaxshi ko'rish kerak.
* Do'stlik  muhabbat urug'lari o'sadigan tuproqdir.
* Agar munosabatlarga muhabbat kiritmoqchi bo'lsang, abbal do'stlikni kiritish darkor.